Bosh sahifa \ MATBUOT MARKAZI \ Yangiliklar
Yangiliklar

2022-yil 23-iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yo’nalishida yo‘lovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi.
5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo'nab ketadi va shanba kuni soat 18:14da Rossiya Federatsiyasining “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi.
16.06.2022 10:59
davomini o'qish

2022-yil 20-iyundan boshlab 301/302-sonli “Dushanbe – Toshkent — Dushanbe” yo’nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishni boshlaydi.
Mazkur poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo'nab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43da Toshkentga yetib keladi.
16.06.2022 10:58
davomini o'qish

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishidagi poyezdlarga chipta topish muammosi mavjudligi haqida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha yo‘lovchilarni temir yo‘l orqali tashish bilan faoliyat yurituvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan quyidagicha oydinlik kiritildi.
16.06.2022 10:58
davomini o'qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2022 yil 25 may Davlat Bojxona Qo‘mitasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning qo‘shma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan va unga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan bojxona xodimlari uchun temir yo‘lda halqaro yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish belgilangan.
16.06.2022 10:56
davomini o'qish